Restoran Kelajagi

Restoraningizni yangi zamonga olib kiring.

NFC texnologiyasi bilan menyu, hisob va xizmat — hammasi mijozning telefonida. Bir teginish yetarli.

Qanday ishlaydi? Narxlar
Davom eting

Eski menyular,
sekin xizmat,
uzun kutish.

Restoraningiz har kuni bir xil muammolarga duch keladi. Mijozlar kutadi, menyu yo'qoladi, narxlar o'zgarsa hammasini qayta chop etish kerak.

  • Qog'oz menyular eskiradi Har o'zgartirishda yangi menyu chop ettirish kerak — xarajat va vaqt.
  • Mijozlar uzoq kutadi Ofitsiantni chaqirish, menyu so'rash, hisob kutish — vaqt yo'qolishi.
  • Restoran egasiga ko'rinmas Daromad, masalliq, xodim — hammasi qog'ozda yoki esda saqlanadi.
  • Daromad hisobi murakkab Sof foyda, masalliq xarajati, xodim maoshi — hisoblash kerak bo'ladi.

Bir teginish. Hamma narsa.

Mijoz NFC stikerga teginadi. Telefon menyu, hisob va ofitsiant chaqirish sahifasini ochadi. Hech qanday ilova kerak emas.

Clavo NFC sticker
Tap 2 sek

Restoraningizga
mos dizayn tanlang.

Har bir restoran o'ziga xos. Shuning uchun biz 9 ta turli rangda NFC stikerlar tayyorladik.

Clavo NFC sticker
Clavo NFC sticker
Clavo NFC sticker
Clavo NFC sticker
Clavo NFC sticker
Clavo NFC sticker
Clavo NFC sticker
Clavo NFC sticker
Clavo NFC sticker
Clavo NFC sticker
Clavo NFC sticker
Clavo NFC sticker
Clavo NFC sticker
Clavo NFC sticker
Clavo NFC sticker
Clavo NFC sticker
Clavo NFC sticker
Clavo NFC sticker

Qanday ishlaydi?

01
Mijoz teginadi
Mijoz telefonini stol ustidagi NFC stikerga teginadi. Bir soniya yetarli — hech qanday ilova kerak emas.
02
Sahifa ochiladi
Telefonda darhol restoran menyusi, hisob va ofitsiant chaqirish tugmasi paydo bo'ladi. To'g'ridan-to'g'ri brauzerda.
03
Buyurtma qiladi
Mijoz menyuni ko'radi, ofitsiantni chaqiradi va hisobni tekshiradi. Hammasi telefondan, oson va tez.

Bu menga
nima beradi?

Clavo nafaqat mijozlarga, balki sizga ham yangi imkoniyatlar ochadi.

📋
Menyu o'zgartirish oson
Yangi taom qo'shish yoki narxni o'zgartirish — bir necha sekund. Endi qog'oz menyu qayta chop ettirish, dizaynerga buyurtma berish kerak emas.
💰
Pul tejaysiz
Yangi qog'oz menyular, dizayner va chop etish xarajatlari endi yo'q. Bir martalik to'lov — uzoq muddatli yechim.
📊
Real vaqt tahlili
Daromad, sof foyda, masalliq xarajati, eng ko'p sotilgan taomlar — hammasini telefoningizdan ko'rib chiqing.
📦
Omborni nazorat qiling
Masalliqlar avtomatik yechib olinadi. Kam qolganda Telegram orqali ogohlantirish keladi. Hech narsani qo'ldan boy bermaysiz.
👥
Xodim boshqaruvi
Davomat, maosh hisobi va xodimlar samaradorligi — bitta panelda. Har bir ofitsiantning savdosi alohida ko'rinadi.
Mijoz qanoatdorligi oshadi
Tezroq xizmat, zamonaviy uslub. Mijozlar restoraningizni ko'proq tavsiya qiladi va yana kelishadi.
01 — Foyda Tahlili

Daromaddan tashqari
sof foyda.

Masalliq xarajati va xodim maoshini hisobga olib, har oyni real foyda bilan tugating. Charts, grafiklar va trendlar — hammasi avtomatik.

Bu oy daromad
24 500 000
Sof foyda
+8 200 000
02 — Omborxona

Masalliqlar
o'zi yechiladi.

Retsept yozasiz — Osh uchun: 0.5kg guruch, 0.3kg go'sht, 1 dona sabzi. Mijoz Osh buyurtma qilganda, masalliqlar avtomatik ravishda ombordan yechib olinadi. Kam qolganda — bildirish.

  • Guruch · 25 kg
    150 000 so'm
  • Go'sht · 12 kg
    540 000 so'm
  • Shakar · 0.5 kg ⚠
    KAM
  • Sut · 8 L
    120 000 so'm
03 — Telegram Bot

Telegram
orqali bilasiz.

Restoranda nima bo'layotganini Telegramda kuzating. Kam zaxira, tayyorlangan taomlar, buyurtmadan o'chirilganlar — hammasi sizga keladi.

Yangi masalliq
📦 Un: +25 kg qo'shildi
💰 150 000 so'm
14:32
⚠️ Kam qoldi!
📦 Shakar: 500g qoldi
14:35
🍽️ Tayyorlandi
Osh × 10 ta tayyorlandi
15:00

Sizda savollarmi?

Restoran egalari odatda quyidagi savollarni berishadi.

?
"Bizda QR kod allaqachon bor."
QR kodni yo'naltirish mumkin, ammo NFC oson va zamonaviyroq. Mijoz telefonini camerani ochish, fokuslash kerak emas — faqat tegadi. Bundan tashqari, Clavo NFC bilan menyudan ko'p ko'proq narsani beradi: hisob, ofitsiant, kuzatuv.
?
"Bu juda qimmat ko'rinadi."
Menyularni qayta chop ettirish, dizayner xizmati, vaqt yo'qotish — bularning hammasi yiliga 1-2 million so'm. Clavo bilan oyiga 400 000 dan boshlanadi va sizga to'liq tahlil, omborxona va xodim boshqaruvi kiradi.
?
"Mening ofitsiantlarimning ishi tugaydimi?"
Aksincha, ular yanada samarali ishlay boshlashadi. Ofitsiantlar endi menyu olib yurish, yozish va hisob-kitob qilish bilan vaqt yo'qotmaydi — to'g'ridan-to'g'ri mijozga xizmat ko'rsatadi.
?
"Mijozlar telefondan foydalana oladimi?"
Bugungi kunda hammada zamonaviy telefon bor. NFC xususiyati 5 yildan beri standart. Hech qanday ilova yuklab olish kerak emas — tegadi va brauzerda ochiladi. Hatto yoshi katta mijozlar ham 10 sekundda o'rganib oladi.
?
"Telefoni eski yoki NFC yo'q bo'lsa-chi?"
Har bir NFC stikerda QR kod ham bor. Eski telefonli mijozlar uchun camera orqali skaner qiladi va aynan o'sha sahifa ochiladi. Hech kim chetda qolmaydi.
?
"O'rnatish murakkabmi?"
Yo'q. Biz NFC stikerlarni stollarga yopishtirib beramiz, sizga login va PIN beramiz, qisqa demo qilib ko'rsatamiz. 1-2 soatda hammasi tayyor. Keyin esa siz boshqarasiz.

Sizga mos
rejani tanlang.

Kichik kafedan tortib katta restoranga qadar — hammasiga reja bor.

Clavo
400 000 so'm
oyiga
  • NFC va QR teg
  • Onlayn menyu
  • SSL sertifikati
  • 7 ta dizayn mavzusi
Clavo Max
800 000 so'm
oyiga
  • Pro ning hammasi
  • Omborxona va retseptlar
  • Xodimlar va davomat
  • Real vaqt foyda tahlili
  • Telegram bot bildirish

Yillik to'lov tanlasangiz — 2 oy bepul

Boshlashga tayyormisiz?

Bugun bog'laning, biz NFC stikerlarni o'rnatib, tizimni sozlab beramiz. Birinchi haftadan boshlab natijani ko'rasiz.

Telegram orqali bog'lanish Qo'ng'iroq qiling