NFC texnologiyasi bilan menyu, hisob va xizmat — hammasi mijozning telefonida. Bir teginish yetarli.
Restoraningiz har kuni bir xil muammolarga duch keladi. Mijozlar kutadi, menyu yo'qoladi, narxlar o'zgarsa hammasini qayta chop etish kerak.
Mijoz NFC stikerga teginadi. Telefon menyu, hisob va ofitsiant chaqirish sahifasini ochadi. Hech qanday ilova kerak emas.
Har bir restoran o'ziga xos. Shuning uchun biz 9 ta turli rangda NFC stikerlar tayyorladik.
Clavo nafaqat mijozlarga, balki sizga ham yangi imkoniyatlar ochadi.
Masalliq xarajati va xodim maoshini hisobga olib, har oyni real foyda bilan tugating. Charts, grafiklar va trendlar — hammasi avtomatik.
Retsept yozasiz — Osh uchun: 0.5kg guruch, 0.3kg go'sht, 1 dona sabzi. Mijoz Osh buyurtma qilganda, masalliqlar avtomatik ravishda ombordan yechib olinadi. Kam qolganda — bildirish.
Restoranda nima bo'layotganini Telegramda kuzating. Kam zaxira, tayyorlangan taomlar, buyurtmadan o'chirilganlar — hammasi sizga keladi.
Restoran egalari odatda quyidagi savollarni berishadi.
Kichik kafedan tortib katta restoranga qadar — hammasiga reja bor.
Yillik to'lov tanlasangiz — 2 oy bepul
Bugun bog'laning, biz NFC stikerlarni o'rnatib, tizimni sozlab beramiz. Birinchi haftadan boshlab natijani ko'rasiz.